MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKS

MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKS (MJK) maʼmurii huquqbuzarliklar va maʼmurii jazoga oid qonunlarning muayyan tizimga solingan majmui. OʻzRning Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 1994-y. 22 sent. da qabul qilinib, 1995-y. 1 apr. dan kuchga kirgan. MJK 5 boʻlim, 31 bob va 348 moddani oʻz ichiga oladi. Kodeksning umumiy qoidalari bayon qilingan 1-boʻlimida maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ularning vazifalari, mazkur hujjatlar sohasida OʻzRning, Qoraqalpogʻiston Respublikasining va-kolatlari, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalar bayon qilingan. 2-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik va maʼmuriy javobgarlik masalalariga bagʻishlangan, 3-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar), 4-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish: 5-boʻlim maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x