MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK

MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK — huquqbuzarlikning bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi MJKga koʻra, qonun hujjatlariga binoan mamuriy javobgarlikkg tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquklari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy mu-hitga tajovuz qiluvchi gʻayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan xarakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan ayb mavjud boʻladi. Qo-nunga koʻra, Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga toʻlgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik jinoyatdan ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab farklanadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi. Jino-yat faqat sud organlari tomonidan, Maʼmuriy huquqbuzarlik esa, sud organlaridan tashqari, bir kancha vakolatli davlat boshqaruvi organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan ham koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo choralari, jinoyat uchun jitiy jazo qoʻllaniladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga maʼmuriy javobgarlikni qoʻllash jarayoni soddalashtirilgan (mas, yoʻl harakati qoidasini buzgan shaxsga bitta bayonnoma tuzilishi bilan maʼmuriy jarima jazosini qoʻllash mumkin) va h. k. Erkin Hojiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x