MAʼMURIY BINOLAR

MAʼMURIY BINOLARdavlat muassasalari va jamoat tashkilotlari uchun moʻljallab qurilgan binolar. Maʼmuriy binolar xonalari asosiy (xizmatlar xonasi, boʻlinmalari, qabulxona, muzokara va majlislar zali), xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xonalar (vestibyul, garderob, kutubxona, arxiv, oshxona, sanuzel xonalari, zinapoya, liftlar va b.) guruhlarga boʻlinadi. Yirik shaharlarda Maʼmuriy binolar individual loyiha boʻyicha quriladi. Ular shahar qiyofasini oʻzgartirishga, meʼmoriy ansambllarni tashkil etishga xizmat qiladi. Mac, Toshkentdagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy xiyoboni, Amir Temur xiyobonidagi Maʼmuriy binolar va b. Oxirgi oʻn yillikda maʼmuriy binolar majmuasini bank muassasalari, biznes markazlar, mehmonxonalar turkumidan iborat imoratlardan shakllantirish keng rusm boʻlmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x