LYUPIN

LYUPIN (Lupinus), lupin, boʻri dukkagi — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtsimon usimliklar turkumi, yem-xashak, siderat va manzarali ekin. Shim. va Jan. yarim sharning moʻtadil poyaslarida 100 ga yaqin (ayrim maʼlumotlarga kura, 200 dan ortiq) turi usadi. Deh-qonchilikda 10 dan ortiqturi maʼlum. Lyupinning vatani — Oʻrta Yer dengizi sohillari va Shim. Amerika. 4 turi — bir yillik turlaridan — ingichka bargli yoki kuk L. (L. angustifolius), sariq L. (L.luteus), oq Lyupin (L. albus), shuningdek, kup yillik turidan serbarg n. (L.polyphyllus) ekiladi. Bu turlar barg shakli, gullarining rangi va kat-ta-kichikligi hamda urugʻlarining mayda yoki yirikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ingichka bargli L. Yevropaning Shim. mintaqalarida, sariq va oq L. Markaziy Rossiyada, tukli Lyupin (L. pilosus) Gruziyada ekiladi. Oʻzbekistonda kolleksiya ekinzorlarida ustiri-ladi. Ildizi oʻqildiz. Poyasi utsimon, shoxlanadi, bal. 1,5 m gacha boradi. Bar-gi panjasimon, yirik, bandli. Toʻpguli shingil. Sariq Lyupin guli xushboʻy. Turlariga qarab gulining rangi har xil. Mevasi koʻp urugʻli dukkak. Oʻsuv davri 80—155 kun. Issiklikka talabchan. Ingichka bargli. Lyupin maysasi —6° sovuqqa chidamli. Hamma turlari namsevar, uzun kunli. Shonalash davrida tez usadi. Lyupin doni tarkibida, turlariga karab, 30 — 40% oqsil va 5—20% yog, A, V, S, vitaminlari, bargida, poyasida va donida 1—2% zaharli alkaloidlar (lyupi-nin, lyupinidin, spartein, lyupanin) bor. L. ning alka loidi kam boʻlgan ozuqabop navlari 20-a. ning 30-y. larida yaratilgan.

Kishilar qadimdan (mil. dan 2000-y. oldin) Lyupindan foydalanib keladilar. Dastlabki davrda Lyupin ovqatga ishlatiladigan va mollarga beriladigan doni uchun ekilgan. Keyinchalik undan koʻkat oʻgʻit tarzida foydalanilgan. Bir yillik Lyupin koʻkat uchun oddiy qatorlab, urugʻ olish uchun keng qatorlab (qator orasi 45 sm) ekiladi. Hosildorligi koʻkpoya boʻyicha 100—120 t/ga, doni boʻyicha 34 — 35s/ga.

Koʻp yillik va bir yillik Lyupinning ayrim navlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

Halima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x