CHJOU

CHJOU — Qad. Xitoy tarixida xitoy sulolasi va davri nomi [mil. av. 1027 — 256(yoxud 249)]; Gʻarbiy Chjou (mil. av. 1027771) va Sharqiy Chjou [770-256(yoxud 249)]. Sulolaga Chjou kabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027-y. In davlatini tormor qilib Shim. Xitoydagi barcha qabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindoshoʻrugʻlarga, van (podshoh) ning safdoshlari va ittifoqchilariga (udelmulklar) ajratib berish usulidan foydalanilgan. Chjou zodagonlari harbiy drujinachilarga tayanib ish koʻrgan, ular orasida begona qabila, t. . . illari koʻp boʻlgan. Shuning uchun Chjou hukmronligi nafaqat ijtimoiy balki qabilaviy zulmni ham kuchayishiga olib kelgan. Udellarning markaziy hukumat bilan kurashi va udellar urtasidagi oʻzaro nizolar ularning ayrimlarini yoʻq boʻlishiga va yangi podsholiklar — mustaqil yoki yarim mustaqil davlatlarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Mil. av. 8-a. dan, Chunsyu davridan eʼtiboran Chjou vanlari hokimiyati zaiflashgan, mil. av. 7 — 6-a. larda mamlakatda amadda eng qudratli podsholiklar — «gegemonlar» hukm sura boshlagan. Chjango davrida (mil. av. 5—3-a. lar) mamlakatda hukmronlik qilish uchun kurashayotgan yettita kuchli podsholik ajralib chiqqan. Chjou sulolasi hokimiyati zaiflashib, u faqat Chjou larning urugʻlariga tegishli mulklarga tarqalgan, xolos. Ularni ham Sin podsholigi mil. av. 256—249-y. larda bosib olgan.

Chjou davrida mil. av. 6-a. dan boshlab temir tarqala boshlagan, bu i. ch. kuchlarini keskin oshishiga, yer haydashni yaxshilanishiga olib kelgan. Chjou davri bir qancha falsafa maktablari (konfutsiylik, daosizm, faszya va b.) vujudga kelishi, adabiyot, tasviriy va musiqa sanʼatining taraqqiy etishi bilan ajralib turadi.

Ad.: Istoriya Kitaya s drevneyshix vremyon do nashix dney, M., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x