LUTFULLO MAVLONO MASJIDI

LUTFULLO MAVLONO MASJIDINamangan viloyati Chuyet tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (20-a. boshlari). Dastlab masjid, Madrasa, minora, maqbara va b. binolardan iborat ansambl boʻlgan. Bizgacha bir tomoni ustunli mayejid ayvoni (28×7,2 m) sakdangan. Ayvon shiftini 3 qatorli 7 yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi. Mar-kaziy ravoklar zinali karniz-kayvon (karnizning alohida koʻtarilgan kismi) hosil qilib, yuqori koʻtarilgan. Qirrali ustunlar sodsa, shifti esa serhasham handasiy naqshlar — gulsafsar va pechakgul chirmovuqlari b-n uygʻunlashgan. Toqilariga ishlangan gullarning takrorlanishi muayyan izchillik hosil qiladi. Naqshlarida koʻk, yashil va qizil ranglar koʻproq qoʻllanilgan.

Masjidning jan.-sharqiy burchagidan bir necha metr narida minora (bal. 13 m) qad koʻtargan. Minora tanasi feruza rang koshinlar bilan qoplangan. Mezananing tag qismi pargari egri ra-voqli muqarnas belbogʻ bilan oʻralgan. Lutfullo Mavlono Masjidi shahar istirohat bogʻi hududida, taʼmirdan soʻng tarix muzeyi sifatida foydalanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x