KAPITAL

KAPITAL (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy) , sarmoya — keng maʼnoda — oʻz egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega boʻlgan jami vositalar va mablagʻlar; yangi qiymat keltiruvchi, oʻzini oʻzi koʻpaytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar i. ch. uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor maʼnoda — i. ch. vositalari koʻrinishidagi ishga qoʻyilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy Kapital).

Kapitalning paydo boʻlishiga tovar i. ch., tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda oʻziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo boʻlishi bilan oddiy tovar i. ch. kapitalistik i. ch. ga aylanadi, tovar i. ch. ning shu davrida tovar muomalasidagi pul K. ga aylanadi. Kapital koʻp sikllar davomida i. ch. da ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va toʻliq sarflanadigan aylanma kapitalga boʻlinadi. Pul Kapitali (sarmoya) — ashyoviy Kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, yaʼni pul Kapitalga aylanishi uchun i. ch. ga avanslanadi.

Iqtisodiy nazariyada Kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning koʻpayishi inson mehnati (ish kuchi) va i. ch. vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, yaʼni i. ch. sharoitida yuz beradi. Kapital sanoat K. i, savdo K. i, ssuda K. i, sudxoʻrlik K. i (tarixiy) shakllarida faoliyat koʻrsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Kapitalning korxona, firma, banklar. K. i, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik Kapitali, zahira Kapitali, ustav K. i. singari koʻrinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli Kapital dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi.

Sadir Salimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x