LUTFULLA MUTALLIB (1922.11.16 — 1945.9.18) — uygʻur shoiri. Hoz. zamon Shinjong uygʻur adabiyotining asoschilaridan biri. Dastlab Gʻuljadagi boshlangʻich maktabda (1932—36), soʻngra Ilidagi rus gimnaziyasida, Urumchidagi Oʻlka oʻqituvchilar tayyorlash in-tida (1936—41) oʻqigan. 1941 — 44 y. larda «Sin Szyan gaziti» va «Oqsuv gaziti»da ishlagan. Sheʼrlari 1937-y. dan «Ili daryosi» gaz. da eʼlon qilingan («Biz Sin Szyan farzandlari» va b.). «Muhabbat va nafrat» (1956) dostoni uygʻur xalqining jamiyat illatlariga qarshi kurashiga bagʻishlangan. Lutfulla Mutallib hajviy hikoyalar, «Dovonlar oshganda» nomli roman, «Samsoq akang qaynaydi», «Boʻrondan keyin oftob», «Chaman va Polvon», «Kurash qizi», «Tohir va Zuxra» kabi pyesalar yozgan.
As: Yoshlik xuddi chaqmoq, T., 1976; Yillarga javob, T., 1983.