LUSAKA

LUSAKAZambiya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mamlakatning markaziy qismida, 1280 m balandlikda joylashgan. Aholisi 982 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Iklimi subekvatorial, oʻrtacha t-ra yanvarda 20,6°, iyulda 15,5°; yiliga 850 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Transport yoʻllarining muhim tuguni, t. y. stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik q. x. rayonining savdo-taqsimot markazi. Yengil, oziqovqat, poligrafiya, sement, metallsozlik sanoati korxonalari, un-t, etnografiya in-ti, Afrika tadqiqotlar in-ti, kutubxona, teatr, Livingston muzeyi, botanika bogʻi bor. L. 1905-y. da Livingston — Broken-Xill t. y. dagi stansiya yonida vujudga kelgan. Shahar erkin reja asosida qurilgan. Lusaka 1935-y. dan Shim. Rodeziya Britaniya protektorati maʼmuriy markazi. 1964-y. dan mustaqil Zambiya poytaxti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x