LONDON UNIVERSITETI

LONDON UNIVERSITETI — Buyuk Britaniyadagi eng yirik un-t va i. t. markazlaridan biri. 1836-y. qirol Vilgelm IV farmoniga muvofiq, mamlakatning ayrim un-tlari talabalariga ilmiy daraja beradigan (tegishli imtihonlarni topshirgandan soʻng) muassasa sifatida tashkil etilgan. 1898-y. qayta tuzilib, oliy oʻquv yurti vazifasini ham oʻtay boshladi. 1907 va 1910-y. da parlamentning maxsus qarori bilan London universiteti tarkibiga Universitet (1826-y. tashkil etilgan) va Qirollik (1829) kollejlari qoʻshildi. London universiteti texnika fanlari, iqtisodiyot, yuridik, teologiya, tibbiyot, ped., musiqa fanlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha turli i. t. intlari bor. 1947-y. L. u. huzurida Britaniya tibbiyot federatsiyasi tashkil etilgan. Kutubxonasida 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi. Un-tda 55 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 1,5 mingga yaqin oʻqituvchi ishlaydi. Ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x