LINNEY

LINNEY (Linne, Linnaeus) Karl (1707.23.5, Rosxult – 1778.10.1, Upsala) — shved tabiatshunosi. Shvetsiya FA akad. va uning birinchi prezidenta (1739-y. dan), Parij FA akad. (1762-y. dan). Lund va Upsala un-tlarida oʻqigan, Upsala unti prof. (1741-y. dan). Oʻsimlik va hayvonlarning zamonaviy sistematikasiga asos solgan, binar nomenklaturani fanga kiritgan. Linney turni ikki nom, yaʼni tur va urugʻ (turkum) nomi bilan atashni taklif etgan; sinf, turkum (tartib), urugʻ (turkum), tur va variatsiya tushun-chalarini anikdab bergan. Linney 1500 oʻsimlik turlarini tavsiflab berdi. Oʻsimliklarni 24 sinf, hayvonlarni 6 sinf (sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, baliklar, chuvalchanglar va hasharotlar)ga ajratadi. Amfibiyalarga suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilarni kiritadi. Odamni hayvonlar sistemasi (sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumi)ga kiritish oʻsha davrda hukmron boʻlgan dunyoqarashlarga zid edi. Linney sistemasi kup xususiyatlarga kura, sunʼiy bulsa ham oʻz davrida katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. U 10000 dan ortiq usimlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi. Linney tibbiyot, oʻsimliklarning iqlimga moslanishk va b. masalalarga bagʻishlangan bir qancha asarlar yaratdi. Upsala sh. da Gʻarbiy Yevropada eng yaxshi hisoblangan botanika bogini tashkil etdi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x