KELES GIL KONI

KELES GIL KONI — Toshkentdan 25 km shim.-gʻarbda, Keles daryosining oʻng sohilida, Qozogʻiston Respublikasi hududida joylashgan. 1948-y. da ochilgan. Tafsiliy razvedka ishlari 1958-y. da bajarilgan. Konning aniqlangan zahirasi 20 mln. t. 1951-y. dan ochiq karyer usulida qazib olinadi. Keles gil konida foydali kazilma paleogenning turkiston yarusiga mansub bentonit gilmoyasi qatlamlari boʻlib, ular olay yarusi kvars qumlari ustida yotadi va neogen yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar uz. 6 km va eni 2—2,5 km boʻlgan Qingʻiroq braxiantiklinal burmasining qanotlarini tashkil etadi. Foydali qazilma qatlamlarining umumiy qalinligi 45 m. Konda bentonit gilmoyasining 3 turi mavjud. Gilmoya qatlamlarining qalinligi 5 m dan 25 m gacha. Ular birbiridan qumtosh qatlamchalari bilan ajralgan. Gilmoyaning mineral tarkibini, asosan, montmorillonit, qisman gidroslyuda tashkil etadi. Keles gil koni bentonitlari parmalashda ishlatiladigan yuqori sifatli yuvuvchi suyuqlik tayyorlashda, paxta yogʻi va vino mahsulotlarini oklashda adsorbent sifatida, poʻlat quyish uchun qoliplar tayyorlashda bogʻlovchi material sifatida, qurilishda keramzit, gʻisht va b. materiallar i. ch. da keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x