LINARIYA

LINARIYA (Linaria) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yoki kup yillik oʻtlar turkumi. Koʻproq Oʻrta dengiz r-nlarida oʻsadigan 150 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 4 turi usadi. Oddiy Linariyaning boʻyi 60—90 sm. Poyasining yuqorisi bir oz shoxlangan. Barglari nashtarsimon, bandsiz, ketmaket. Gullari och sariq; toʻpguli shingilsimon. Mevasi koʻsakcha, koʻp urugʻli. Qumli yerlar, urmon chekkalari, qiyaliklar va yoʻl yoqalarida oʻsadi. Yer ustki qismida alkaloidlar, flavoin glikozidlari, vitamin S va b. bor. Suyuq ekstrakti surgi sifatida xamda bavosir kasalligida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x