KING DEVID

KING DEVID — kuzgi olma navi. Oʻzbekistonga AKSHdan keltirilgan (Jonatan va Arkanzas blok navlarini chatishtirib chikarilgap). R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida navga ilmiy tavsif berilgan. Amerika va Yevropa bogʻdorchiligida kuzgi, tez hosilga kiradigan va serhosil nav sifatida keng tarqalgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shoxshabbasi siyrakroq. Koʻchati oʻtqazilgach, kuchsiz oʻsadigan payvandtaglarda 3—4yili, kuchli payvandtaglarda 6 — 7-yili hosilga kiradi. Apr. oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (90 — 100 g.), chiroyli, toʻq malina-qizgʻish rangda, bilinar-bilinmas och sariq nuqtalari bor. Eti och sariq, qattiq, sersuv, nordon-shirin, xushboʻy. Mevasi kam toʻkiladi. Mevasi avg. ning birinchi dekadasida teriladi, dekabrgacha mazasi buzilmay yaxshi saqlanadi. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x