LIMFANGIT

LIMFANGIT, limfangoit (limfa va yun. angeion — tomir) — limfa tomirlarining yalligʻlanishi. Streptokokk, stafilokokk, ichak tayokchasi va b. qoʻzgʻatadi. Koʻpincha, teri va shilliq pardalarning chaqalangan joyidan kirgan infeksiya limfa oqimi orqali tushib, uni yalligʻlantiradi. Odatda, limfadenit bilan birga kechadi. Utkir va surunkali Limfangit bor. Yalligʻlangan limfa tomiri boʻylab ogʻriq, shish, qizarish, berchlanish kuzatiladi, shuningdek, et uvishadi, qarorat koʻtariladi, bemorning ahvoli keskin oʻzgaradi. Kasallikni davolash, asosan, uni keltirib chiqargan sababini bartaraf etishdan iborat. Yalligʻlangan sohani iloji boricha qimirlatmay, tinch qoʻyish tavsiya etiladi, dori-darmonlar, balchiq bilan davolash, rentgenoterapiya buyuriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x