NOK

NOK (Pyrus) — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Yevrosiyoning moʻtadil va subtropik min-taqalari (Sharqiy va Kichik Osiyo, Kavkaz, Jan. Yevropa)da 60 ga yaqin turi uchraydi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning janubi, Uzoq Sharq, Ukraina, Belorussiya, Boltiqboʻyi, Moldaviyada 40 ga yaqin turi oʻsadi. Nok qadimiy madaniy oʻsimlik. Dastlab Eron va Armanistonda madaniylashtirilgan degan taxminlar bor. Yevropa mamlakatlari, Amerikaning moʻtadil iklimli hududlari (ay-niqsa, AQSH)da, Afrika, Avstraliya, Jan. Sharqiy Osiyoda koʻp ekiladi. Dunyo boʻyicha urugʻli mevalilar ichida (ekilgan maydoni jihatidan olmadan keyin) 2-oʻrinda turadi. Xitoy, Italiya, AQSH, Ispaniya, Turkiyada nokzorlar koʻp. Nokning madaniy navlari oddiy Nok yoki oʻrmon N. i (P. communis), qor N. (R. nivalis), Buasye Noki (P. boissieriana), Korjinskiy N. i (P. korshinskyi), qumokdi yoki kechki Nok (P. serotina), yc-suriya Noki (P. ussuriensis) va b. turlarga mansub. Nokning oddiy yoki urmon Nok turi keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Korjinskiy noki murut, olmurut (R. Korshinskyi Litv.); turkman noki (R. turcmanica Maleg.) togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi qolda oʻsadi. Nok daraxti 50—300-yilgacha yashaydi, buyi 15—20 m ga yeta-di; shox-shabbasi ixcham, piramida shaklida. Nok yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka va sovuqqa oʻrtacha chidamli. Nok qumli, shoʻrlangan yerlardan boshqa hamma joyda yaxshi oʻsadi. Ildizi kam tarmokli oʻq ildiz, asosiy qismi tuproqning 20—80 sm qatlamida joylashadi. Barglari tuxumsimon, tuksiz, yashil, yaltiroq, cheti arra tishli. Gullari oq, baʼzan pushti yoki kizil. Mevasi turli shaklda, vazni 25—300 g, baʼzan 500 — 700 g, rangi sariq, yashil, pushti, zar-gʻaldoq va b. Mevasi yangiligida yeyila-di, qoqi, jem, kompot, murabbo qilinadi. Tarkibida oʻrtacha 80% suv, 10,4% kand, 0,3% organik kislotalar, 0,03% oshlovchi moddalar, 2,6% kletchatka, 0,4% azotli moddalar, V, S vitaminlari, A provitamini bor. Asalshirali daraxt, ayrim turlari yogʻochidan musiqa asboblari yasaladi.

Nok payvandlash yuli bilan koʻpaytiriladi; payvandtag yovvoyi Nok yoki behi urugʻlarini oʻstirib tayyorlanadi. Nokzorlar ikki yillik koʻchatlardan bar-po etiladi. Kuchli payvandtagga ulanganlari 8×6 (7—6×4—2,5) m, pakana payvandtagga ulanganlari esa 6×4 m, 3,5×2,5 m sxemada ekiladi. Kupchilik Nok navlari qoʻshimcha changlanishni talab etadi. Shu sababli changlovchi navlar aralash ekiladi. Koʻchati oʻtqazil-gach, 5—6yili hosilga kiradi, 20 — 25-yilda toʻliq hosil beradi. Naviga, parvarish qilinishiga qarab hosildor-ligi 100— 250 s/ga.

Kuzda yoki erta bahorda organik va mineral oʻgʻitlar bilan oʻgʻitlanadi, oʻsuv davrida oziqlantiriladi, sugʻoriladi, qator va tup oralari kultivatsiya qilinadi.

Asosiy navlari: jahon boʻyicha Nokning 5 mingdan ortiq navlari bor. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida 20-a. ning 50-y. laridan boshlab koʻpgina Nok navlari chiqarilgan va Oʻzbekis-tonda 40 ga yaqin mahalliy va seleksiya navlari r-nlashtirilgan. Sanoat bogʻdorchiligida yozgi (Vilyame, Lyubimitsa Klappa va b.), kuzgi (Raʼno, Bere-Bosk, Zuhra, Sovgʻa, Lesnaya krasavitsa va b.), qishki (Kulala, Dilafroʻz, Kyure, Toshkent noki, Olivye de Serr va b.) navlari ekiladi.

Zararkunandalari: nok va olma qurti, nok biti, nok kanasi va b. Kasalliklari — kalmaraz, un-shudring, chirish va b.

Ad.: Sorta plodovыx, subtropicheskix, orexoplodovыx kultur i yagod, T., 1968; Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983, Sultan Xolnazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x