LEYSEK Vyacheslav Vyacheslavovich

LEYSEK Vyacheslav Vyacheslavovich (asl ismi Frantishek Vaslav; 1857, Chexiya — 1935, Toshkent) — harbiy kapelmeyster, kompozitor. Praga konservatoriyasini tugatgach, Turkistonga kelib harbiy kapelmeyster boʻlgan (1878). Oʻsha davrdayoq Markaziy Osiyo xalqlari kuylarini toʻplash va puflama cholgʻular orkestri uchun qayta ishlashga kirishgan. Leysek yaratgan «Osiyocha popurri» (1890) chet ellarda (1891, Chexiyada) ijro etilgan birinchi oʻzbek ohanglariga asoslangan kompozitorlik asarlaridan. 1918-y. ga qadar Toshkentdagi «Lira» xor jamiyati, «Turkiston musiqa jamiyati»ni boshqargan. 1920 — 30 y. larda Toshkent musiqa texnikumida oʻqituvchilik, «Matbuotchilar» klubida torli cholgʻular orkestriga rahbarlik qilgan. 50 yillik ijodiy faoliyati davomida oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, tatar va b. xalqlarning kuy va qoʻshiqlarini toʻplagan, ayrim oʻzbek kuylarini («Rajabiy», «Munojot», «Boljuvon» va b.) puflama cholgʻular orkestri uchun qayta ishlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x