LETSINLAR

LETSINLAR (yun. lekithos — tuxum sarigʻi) , fosfatidilxolinlar — fosfolipidlarning asosiy fraksiyalaridan biri, xolin va diglitserid fosfat (fosfatid) kislotalarning efirlari. Letsinlar molekulalari glitserin, yogʻ kislotalari (asosan, stearin, palmitin, olein va linol), fosfat kislota va xolin qoldiqlaridan tuzilgan. Gigroskopik, spirtda, etil va petroley efirlarida yaxshi eriydi, atsetonda erimaydi. Jonivorlar organizmida (jigar, sperma, qon, buyrak usti bezi, tuxum sarigʻida) va oʻsimliklarda (soya va kungaboqar urugʻida, bugʻdoy boshogʻida) mavjud. Letsinlarning organizmdagi asosiy funksiyasi — biologik membranalar tuzilishida ishtirok etishi. Bir qator Letsinlar sintez qilingan. Tibbiyotda qoramol miyasidan ekstraksiya yoʻli bilan olinadigan serebroletsitin koʻp qoʻllaniladi. Nerv sistemasi kasalliklarida, umumiy holsizlanishda, anemiyada ichiladi. Letsinlar oziq-ovqat, toʻqimachilik va atir-upa i. ch. sanoatida ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x