KESh

KESh (arab, manbalarida Kashsh, Kass, Kise) — tarixiy shahar va viloyat. Hoz. Qashqadaryo viloyatining shim.sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh Kitob oʻrnida boʻlgan, keyin 9—10-a. larda Shahrisabz hududiga koʻchgan. Kesh nomining xitoycha transkripsiyasi 1-marta 7-a. ga oid xitoy yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. Uning sugʻd tilidagi nomi esa 7-a. oxiri — 8-a. boshlarida hukmdorlik qilgan Kesh hokimi Axurpat tangalarida hamda 8-a. oʻrtalarida Keshni idora qilgan hokim Ixshidning dastlabki arabcha fale (tanga) larida ilk bor zikr etilgan. «Kesh» atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bogʻliqboʻlishi mumkin. Boshqa bir fikrga koʻra (A. Muhammadjonov), «Kesh» toponimining maʼnosi ilk bor — uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, diyor, hatto «Kishvar» shaklida esa mamlakat va Vatan kabi maʼnolarni anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (6-a. oxiri — 7-a. boshlari) Keshga asos solgan boʻlib, oʻsha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Yaʼqubiynshpt yozishicha, Kesh mil. 7-a. oʻrtalarida yuksalib, Sugʻdning bosh shaxriga aylangan. Kesh bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga aylanib ark, ichki va tashqi shahardan iborat boʻlgan. Ichki shahar mudofaa devori va 4 darvozaga ega edi. 6-a. da arkning gʻarbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgohga asos solingan. 7-a. oxiri — 8-a. ning 1-yarmida Keshni arablar bir necha bor fath etgan. 751-y. da Kesh hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrugʻi bilan qatl qilingan boʻlib, at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar Keshda katta oʻljani qoʻlga kiritganlar. 775-776-y. larda Kesh viloyati Muqanna qoʻzgʻoloninmng asosiy markazlaridan biri boʻlgan. Somoniylar davrida Kesh hududi eni va boʻyiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) mayd. ni tashkil etgan. Bu vaqtda aholi K. ning koʻhandiz va madinasini tark etgan boʻlib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Astasekin aholi rabodni ham tark etib, hoz. Shahrisabz oʻrnida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob oʻrnidagi Keshning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. Keshning bundan keyingi tarixi Shahrisabz bilan bogʻliq boʻlib, bu nom 14-a. da xalqongiga uzil-kesil oʻrnashgan. Shunday boʻlsada, shaharning qad. nomi talay vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan.

Shaharda ilm-maʼrifat rivoj topishi oqibatida «Koshiy, Keshiy» taxallusi bilan mashhur olim-fozillar yeti-shib chiqqanligi tufayli Kesh shahri «Qubbat ul-ilm val adab», yaʼni «Ilm va taʼlim gumbazi» degan sifat bilan shuhrat topgan.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t. Z, M., 1965; Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996; Krasheninnikova N. I., Proshloye Kitaba, Sb.: «Vexi vremyon», T., 1989; Ravshanov P., Qashqadaryo tarixi, T., 1995; Sagdullayev A. S, Iz istorii drevnego Kesha, Sb. «Vexi vremyon», T., 1989; Qadimgi KeshShahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998.

Anatoliy Sadullayev, Oʻktam Mavlonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x