LENARD

LENARD (Lenard) Filipp Eduard Anton (1862.7.6, Presburg, hoz. Bratislava — 1947.20.5, Messelxauzen) — nemis fizigi. Katod nurlarini va ularning xossalarini oʻrgangan. Ultrabinafsha nurlanish xossalarini, fotoeffekt hodisasini, fotoelekt-ronlar tezligi faqat yorugʻlik chastotasi p ga bogʻlikligini tajribada koʻrsatib berdi, fosforessensiya mexanizmini va metallar xossalarini, suvning balandlikdan tushishda elektrlanishini va shuʼlaning elektr oʻtkazuvchanligini tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1905).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x