LE KORBYUZYE

LE KORBYUZYE (Le Corbusier — taxallusi, ismi Sharl Eduar Jannere, Jeanneret (1887.6.10, La ShodeFon, Shveysariya — 1965.27.8, Rokbryun — Kap-Marten, Var) — fransuz meʼmori, sanʼat va meʼmorlik nazariyotchisi, rassom, dizayner. Meʼmorlikdagi naturalizm va ratsionalizm oqimi asoschilaridan. 1918-y. purizm nazariyasini ishlab chiqqan. Shaharsozlikda oʻziga xos uslubda «Nurafshon shahar» gʻoyasi (1930) va «modulor» tizimi (1942—48)ni yaratgan. Le Korbyuzye loyihalari asosida jahonning koʻpgina mamlakatlari (Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Hindiston va b.)da turli binolar qurilgan. Meʼmorlikka oid 30 dan ortiq kitob muallifi. BMT binosi (1946 — 47, Nyu-York), Toʻqimachilar saroyi va shahar muzeyi (1954—56, Axmadobod), Chandigarx sh. (Hindiston) bosh loyihasini va undagi binolar (1956 — 57)ni yaratdi.

Binolarni tekis tom bilan qoplash, oynalarini ingichka (lentasimon) qilib oʻrnatish, binoning pastki qavatida ochiq tayanchlardan foydalanish, erkin loyiha qoʻllash (Marselodagi turar joylar, 1947—52) Le K. yaratgan loyihalaridan boʻlib, binoning plastik jihatdan muhit erkinligi va egiluvchanligiga intildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x