IMPERIYA

IMPERIYA (lot. imperium — hokimiyat) — 1) imperator boshqargan monarxiya davlatining nomi; baʼzi qad. zamon (Rim imperiyasi), oʻrta asr («Muqaddas Rim imperiyasi») yirik monarxiya davlatlari qam Imperiya deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr I davri (1721)dan Romanovlar hokimiyati agʻdarilguniga qadar (1917), Fransiya Napoleon I (1-imperiya) va Napoleon III (2-imperiya) davrida, Avstriya 1804 — 1914-y. larda (1868-y. dan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871-y. dan 1918-y. inqilobiga qadar) Imperiya boʻlgan;

2) mus-tamlakalari boʻlgan yirik davlatlar. Mas, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga Britaniya imperiyasini tashkil etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x