LATIFA

LATIFA (arab. — mutoyiba, hazil) — xalq hajviyoti janrlaridan, tanqidiy mazmundagi qisqa yumoristik hikoya. Qadimdan Oʻrta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Latifalar qahramoni jonli va taʼsirchan soʻzlaydigan, hazilmutoyibaga boy, haqiqat va adolatni himoya qiluvchi hozirjavob shaxs. L. syujetini qochiriq, kesatik, piching toʻla hajviy epizod va holatlar tashkil etadi. Sarguzasht xarakteridagi syujet sodda va loʻnda ifoda etiladi. Latifaning ilk namunalari Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig», Saʼdiyning «Guliston» asarlarida uchraydi. Latifa janri 11-a. dan soʻng keng shakllandi va rivoj topdi. Rabgʻuziypnt «Qissai Rabgʻuziy», Alisher Navoiyning «Xamsa» va b. asarlarda xalq orasida maʼlum va mashhur boʻlgan Latifa lardan foydalanilgan. Latifa qahramoni oʻzbeklarda Afandi, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali nomi bilan yuritiladi. Oʻzbek xalq latifalarini dastlab Sharif Rizo toʻplab, nashr ettirgan (1941). Ad:. Oʻzbek xalq latifalari, T., 1971.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x