KRIZ

KRIZ (frans. crise — xuruj) — bemor ahvolining toʻsatdan ogʻirlashib qolishi; mavjud kasallik zaminida vujudga keladi. Kriz, asosan, bosh miya qon to-mirlari faoliyatidagi jiddiy oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Miya, yurak, buyrak va b. hayotiy muhim aʼzolarda toʻsatdan roʻy bergan tomirlar spazmi natijasida vaqtinchalik qon aylanishi boʻzilib, shu aʼzolar faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar kuzatiladi. Qattiq charchash, hayajonlanish, mehnat va dam olish sharoitlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, ob-havoning oʻzgarishi, bemorga toʻgʻri kelmaydigan ovqatlar yeyish, ichkilik ichish, chekish va b. noxushliklar Krizga sabab boʻlishi mumkin. Kriz vaqtida bemor bezovtalanadi, bosh ogʻrigʻi zoʻrayadi, qoʻl-oyoq titraydi va uvoʻshadi, koʻz xiralashib, quloq shangʻillaydi va h. k. Gipertonik, gipotonik, triotoksik Kriz, shuningdek, bosh miya qon tomiri krizi, vegetativ tomir krizi va b. xil Krizlar farq qilinadi. Krizning oldini olish uchun asosiy kasallikni davolash kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x