LAQAY OT ZOTI

LAQAY OT ZOTI — jaydari ot zoti. Vatani — Oʻrta Osiyo. Bundan 300— 400 yil muqaddam laqaylar tomonidan mahalliy jaydari moʻgʻul tipidagi ot zotini yovmut, axaltaka, qorabayir va arabi ot zotlari bilan chatishtirish va uzoq, tanlash asosida yaratilgan. Laqay ot zoti quruq va issiq iqlimga moslashgan. Togʻli hududlarda salt minish, yuk tashish, aravaga qoʻshish, poyga va uloq musobaqalari uchun moʻljallangan (poygada 1000 m masofani 1 min. 12,7 sek. da bosib oʻtgan). Tana tuzilishi pishiq., koʻkrakdor, sagʻrisi keng, oyoqlari qotma, tusi, asosan, toʻriq, koʻk, saman, jiyron, kamdankam qora. Tirik vazni 400—450 kg. Serpushtligi 85—95%. L. o. z. aygʻirlarining qarchigʻay bal. 145,7 sm, gavdasining uz. 150 sm, koʻkrak qafasi aylanasi 161,8 sm, pochasining aylanasi 19 sm. 2—3 yoshli toylari poygaga oʻrgatiladi. Asosan, Tojikistonda (Hisor togʻ yaylovlari, Yovon dashti) va Oʻzbekistonning Denov mintaqasida boqiladi. Laqay ot zoti Dushanba yaqinidagi Sultonobod ot z-di va respublikadagi maxsus yilqichilik xoʻjaliklarida urchitiladi.

Ad.: Toʻraqulov 3 . va b., Yilqichilik, T., 1985. Abdusattor Amirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x