KALTATOY

KALTATOY — oʻzbek urugʻlaridan biri. «Turk» etnik guruhining boʻlinmalaridan. Kaltatoy bir qancha kichik urugʻlar (muazzamini, maxatori, mirzo kaltatoyga boʻlingan. Kaltatoy Fargʻona vodiysida, Nurota va Molguzar togʻlarining shim. yon bagʻirlarida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimlarida, SurxonQoratogʻ daryolarining yuqori va oʻrta oqimlarida, Afgʻonistonning togʻli r-nlarida (Koʻkchadaryo boʻylarida) yashagan. Kaltatoy larning katta hududda tarqalib yashashi ularning oʻtmishda koʻp sonli urugʻ boʻlganligidan darak beradi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Kaltatoylar batamom oʻtroqlashib, oʻz urugʻ nomini unutgan. Jizzax, Qashqadaryo va b. viloyatlarda Kaltatoy nomi bilan ataluvchi qishloqlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x