LAKTONLAR

LAKTONLAR — halqasida — COO – guruhi boʻlgan oksikislotalarning ichki siklik murakkab efirlari. Sut va sut mahsulotlari, oʻsimlik muskuslari tarkibiga kiradi. Odatda, suyuqliklar yoki oson suyuqlanadigan qattik moddalardan iborat. Laktonlar — parchalanmay haydaladigan neytral moddalar; suv qoʻshib qaynatilganda oksikislotalarga aylanadi. Ishqorlar eritmasi qoʻshib qizdirilganda oksikislotalarning tuzlarini hosil qiladi, galogenvodorod biriktirib, galogen almashingai kislotalarni, ammiak bilan esa kislotalar amidlarini hosil qiladi. Dori tayyorlashda, organik sintezda va xushboʻy moddalar olishda ishlatiladi. Baʼzi Laktonlar (mas, mevalolakton) jarrohlikda qoʻllaniladigan terpenlar biosintezida, biologik inert gidrofil poliuretanlar sintezida boshlangʻich moddalar hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x