KVINSLEND

KVINSLENDAvstraliya Ittifoqidagi shtat. Materikning shim.sharqiy qismida va qirgʻoqqa yondosh orollarda. Mayd. 1730,6 ming km2. Aholisi 3,6 mln. kishi (2001); 80% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Brisben sh.

Kvinslendning sharqiy qismida Katta Suvayirgʻich tizmaning shim. qismi joylashgan. Gʻarbiy qismi esa pasttekislik. Iqlimi shtatning shim. da subekvatorial, jan. da tropik. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 20—25°, iyulniki 15 — 25°. Yillik yogʻin Kvinslendning sharqida 2000 mm, ayrim joylarda 2500 mm gacha, gʻarbi savanna va choʻllardan iborat.

Kvinslend hududining 2% dan koʻprogʻi ishlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlar, asosan, Tinch okean sohilidagi kambar tekislikda. Q. x. da chorvachilik yetakchi tarmoq. Shtat mamlakatda tayyorlanadigan jun, goʻsht, sariyogʻ, pishloqning katta qismini yetkazib beradi. Sohilda ananas, banan, mango va b. tropik mevalar, shakarqamish yetishtiriladi. Gʻarbiy qismida bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. Kvinslend mis, boksit, rux va qoʻrgʻoshin, rutil, sirkon, toshkoʻmir, volfram qazib chiqarishda hamda oltin, neft va tabiiy gaz olishda mamlakatda oldingi oʻrinlarda. Mamlakatda qazib olinadigan misning yarmidan ortigʻi shtat gʻarbidagi Maunt-Ayza konlaridan olinadi. Uran, kalay, temir rudasi ham qazib olinadi. Mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoklari rivojlangan. Yirik sanoat shaharlari: Brisben, Gladston, Taunsvill, Makkay, Kerns.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x