KVARTA

KVARTA (lot. quarta (pars) — chorak, toʻrtdan bir, ing. va nem. Quart — gallonning toʻrtdan bir qismi) — 1) suyuqlik va sochiluvchan jismlar hajmining metrik tizimga kirmagan oʻlchov birligi. AQSH, Buyuk Britaniya va b. davlatlarda qoʻllanadi. Buyuk Britaniyada t-rasi 16,67° va bosimi 762 mm sim. ust. ga teng sharoitda 2,5 funt massali distillangan suvning hajmiga teng, yaʼni 1 K= 1,13652-10~3 m3. Ammo vinoning hajmini oʻlchashda 1K=9,46358 ■10~4 m3, spirt uchun esa 1K=6,4910~4 m3 ga. AQSH da vino va neftning miqdorini oʻlchashda 1K=9,463581O~4 m3 ga, quruq sochiluvchan jismlar hajmini oʻlchashda 1K=1,1012310~3 m3 ga. Ilgari Rossiyada suyuqlikning oʻlchov birligi sifatida krujkadan foydalanilgan. U baʼzida Kvarta deb ham atalgan. Ukraina, Polshada 1 K taxm. 1l ga teng boʻlgan;

2) Lotin Amerikasidagi davlatlarda uzunlik oʻlchov birligi; taxm. 20 sm ga teng;

3) 16—18-a. larda Polshada va u bosib olgan Ukraina yerlarida yerga egalik soligʻi. Qirollar yer-mulkidan olinadigan daromadning – % qismini tashkil etgan;

4) Kvarta musiqada — 4 pogashali interval.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x