KVETTA

KVETTA — Pokistondagi shahar. Balujiston viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 560,3 ming kishi (1998). Bolan togʻ yoʻlagi yaqinida joylashgan. Qadimdan Eron va Afgʻonistondan Hind vodiysiga boriladigan muhim transport yoʻllari tuguni. Bogʻdorchilik r-nining savdo markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, sement, yogʻochsozlik, jun gazlama, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari, taʼmirlash ustaxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Hunarmandchilik (qoʻlda gilam toʻqish, yogʻochga oʻyib ishlov berish va b.) rivojlangan. Kvetta atrofidan koʻmir qazib chiqariladi. Yozgi kurort. Geologiya ilmiy tadqiqot in-ti, geol. muzeyi, harbiy akademiya, aeroport bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Miri qad. qalʼasi, jome masjidi (18-a.) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x