KUYOV

KUYOVqarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan atama.

1) Qizning eri (qizning ota-onasiga nisbatan);

2) uylanayotgan yoki uylangan yigit oʻz qayligʻiga, uning ota-onasi, qarindoshlari, hatto mahalladoshlariga ham Kuyov hisoblanadi. Uni kattalar Kuyov, kichiklar pochcha deb ataydilar. Yigit unashtirilgandan boshlab Kuyov nomini oladi. Kelin tomon Kuyovni juda katta izzat, ehtirom bilan hurmat qiladi. Matriarxatdan patriarxatga oʻtilishi natijasida oʻzining oilaviy, urugʻ xoʻjaligi b-n mustahkam bogʻlangan yigit qizni oʻz oilasiga olib kiradi. Kuyov likning kelib chiqishi ekzogam nikoh hamda nikohdan soʻng qizning yigit uyiga kelib yashashi bilan paydo boʻlgan. Oʻzbeklarda erga chiqqan qiz, asosan, Kuyov nikiga kelib yashaydi, ammo uylangandan soʻng qaynotaqaynonaning uyida yashab qoluvchi Kuyov (ichkuyov) ham boʻladi (yana q. Ichkuyov).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x