KUBAN-AZOV BOʻYI PASTTEKISLIGI

KUBAN-AZOV BOʻYI PASTTEKISLIGI, Kuban boʻyi pasttekisligi — Gʻarbiy Kavkaz oldidagi pasttekislik. Jan. da Katta Kavkaz togʻlari, sharqda Stavropol qirlari, gʻarbda Azov dengizi, shim. da Don va Manich daryolarining kuyi qismi bilan chegaralanadi. Asosan, RF Krasnodar oʻlkasida. Bal. 100—150 m. Mezokaynozoy choʻkindi jinslari ustini lyossimon qumoq va gillar qoplab yotadi. Shim.-gʻarbida gaz konlari bor. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yillik yogʻin 400—600 mm. Landshafti qora tuproqli dasht. Shim. Kavkazning gʻallakor r-ni.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x