KUYINDI TIZMASI

KUYINDI TIZMASIQurama togʻlarining shim.-gʻarbiy tarmogʻi. Namangan viloyatida. Shim.-gʻarbdan jan.sharqqa yoʻvalgan. Oʻz. 12 km, eng baland joyi 2229 m. K. t. ning jan.-sharqdagi davomi Sulyukatogʻ tizmasi (2334 m) deb ataladi. Ikkala tizma tutashgan joyda Kamchik dovoni bor. K. t. Ohanga-ron daryosi havzasiga qarashli Kuyin-di va Kamchiq soylarining suvayirgʻi-chidir. Kuyindi tizmasining shim.-sharqiy yon bagʻri ancha tik va kambar, soylar bilan kuchli parchalangan. Suvayirgʻich qismida alp tipidagi relyef shakllari, baʼ-zan chogʻroq supasimon yassi sirtlar mavjud.

Kuyindi tizmasi quyi triasning qizilnura svitasi jinslaridan tashqil topgan. Yon bagʻri konglomerat, qumtosh, alevrolit, tuf qatlamlaridan tuzilgan, ular, oʻz navbatida, qalin kvarsli porfir qatlami b-n qoplangan. Quyi qismida toʻq boʻz, yuqoriroqda nisba-tan qalin jigarrang tuproqlar mavjud. Oʻt oʻsimliklardan, asosan, bugʻ-doyiq, daraxtlardan archa oʻsadi. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi, yay-lovlar mahsuldorligi gektariga 5—6 s. Togʻyon bagʻridan Kamchiqdovoni (tun-nellari) yoʻli oʻtgan. Kelajakda Tosh-kent—Andijon—Irkishtom magistral avtomobil yoʻli toʻliq foydalanishga topshirilganidan soʻng qad. Buyuk Ipak yoʻli eng serqatnov yoʻlga aylanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x