KURSK

KURSK — RFdagi shahar, Kursk viloyati markazi. Seym daryosi boʻyida. T. y. tuguni. Moskva—Simferopol avtomagistralida. Aholisi 445,5 ming kishi (1998). Mashinasozlik («Schyotmash», akkumulyator, elektroapparat z-dlari), kimyo (kimyoviy tola, texnik rezina buyumlari), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, Kursk jangi (1943) harbiy-tarixiy muzeylari, suratlar galereyasi bor. K. 1032-y. dan Kiyev Rusi qalʼasi sifatida maʼlum. 14a. dan Litva, 1508-y. dan Rossiya tarkibida. Kurskda 17 — 19-a. lar meʼmoriy yodgorliklari, Troitsa cherkovi saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x