KURSK MAGNIT ANOMALIYASI

KURSK MAGNIT ANOMALIYASI — Rossiyadagi eng yirik magnit anomaliyasi. Umumiy mayd. 120 ming km2 ga yaqin. Ikki asosiy magnit anomaliyasidan tashqil topgan; oʻz. kariyb 600 km, eni 150—250 km, asosan, RFning Kursk, Belgorod, Oryol viloyatlarida joylashgan. Kursk magnit anomaliyasini ilk bor rus olimi P. B. Inoxodsev aniqlagan (1783). 1919-y. dan Kursk magnit anomaliyasida muntazam geologik va geofizik tekshirishlar olib borildi. 1923-y. Shchigri sh. yonida 167 m chuqurlikda burgʻi kovagi kovlanib, temir ruda qatlami ochildi.

Kursk magnit anomaliyasi hududi geologik jihatdan tokembriy tor jinslaridan iborat. Ularning orasida magnetit-temirli-kvarsit qatlamlari bor. Proterozoy davri slaneslari izoklival bukilma hosil etgan. Vaqt oʻtishi bilan Kursk magnit anomaliyasi dagi temirli kvarsitlar shiddatli nurab, gematit-martitli temir rudalarining boʻsh qoplamini hosil qilgan. Undagi temirning miqdori 50% dan ortiq. Bu qoplamlar siderit bilan sementlashib, zich sideritmartitli ruda turini vujudga keltirgan. Ularda 53—57% temir, 3,6—13% qumtuproq, 0,15—0,49% oltingugurt, 0,03% fosfor bor.

Belgorod yaqinida temir rudasi 500 m chuqurlikda. Bu rudalar yuqori sifatli boʻlib, temirning oʻrtacha miqdori 61,5%, qumtuproq 5%, fosfor 0,09% va oltingugurt 0,99%. K. m. a. rudalarining umumiy balans zahirasi 55 mlrd. t ni tashqil etadi. Ular tarkibida magnetit, martit, siderit, shamozit, kalsit bor. Konlardagi ruda ochiq va yer osti usulda qazib chiqarilmoqda. Ru-dalarga «KMA ruda» kombinatida ishlov beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x