KUCHAR

KUCHAR, Kusan, Kuche, Kucha — qad. tarixiy shahar va viloyat (mil. av. 2 — mil. 10-a.). Torim vohasida joylashgan. «Kusan» atamasi mil av. 2-a. da yozilgan Xitoy bitiklarida uchraydi. Unga koʻra, ayni zamonda Kucharda yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlat mavjud boʻlgan (q. Kuchar davlati.). Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Kucharda odam yashayotganiga bir necha ming yillar boʻlgan. Viloyatda joylashgan Chimbogʻ qabristonidagi bir koʻhna qabrdan mil. av. 1-ming yillikka oid qora va qizil sopol idishlar, temir, mis, yogʻoch va suyaklardan yasalgan buyumlar topilgan. Kuchar aholisining katta bir qismi savdo bilan shugʻullangan. Kuchar liklar sanʼatda, jumladan, uyin va gazalxonlikda mohir boʻlgan. Yozuv ishlari mahalliy va hind yozuvlarida olib borilgan. Manbalarning guvohligiga koʻra, 2—3-ming yil – muqaddam Kuchar atrofida «quyuq va sassiq hidli suyuqlik» oqib turadigan joy boʻlgan. Mahalliy xalq ulardan foydalanishgan. Keyinchalik ushbu buloq boʻlib oqib turadigan sassiq suyuqlik neft ekanligi aniqlangan. Hozir Kuchar viloyati Torim vohasidagi yirik zavonaviy neft i. ch. maskaniga aylangan. Kuchar shahri atrofida bir necha tarixiy yodgorliklar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x