KURDONYOR

KURDONYOR (frans. cour dʻhonneur — xos hovli) — saroy kabi hashamatli bino tarkibida tashqil etilgan yarim ochiq hovli, yarim ochiq hovlili saroy. Ularning old tomoniga hamda yon qanotlariga baʼzan qator ustunlar ishlanib, koʻcha, tashqi maydon va yoʻldan toʻsiqlar bilan ajratilgan. 17—19-a. boshlarida Yevropa meʼmorligida keng tarqalgan. Zamonaviy meʼmorlikda baʼzan binoning tashqi koʻrinishini hashamatli qilib koʻrsatishda qoʻllaniladi. Mac, Toshkent viloyat ijroqoʻmining sobiq binosi (hozir Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyi va rus tomoshabinlar teatri).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x