KTESIFON

KTESIFON (arab. Taysafun, Madoin) — Frot daryosi chap qirgʻogʻidagi qad. shahar (hoz. Bagʻdod yaqinida). K. Parfiyaning harbiy tayanch punkti (mil. av. 3-a. dan), keyinchalik parfyan shoxlarining qarorgohi boʻlgan. Rim imperatori Trayandan boshlab rimliklar bir necha marta Ktesifonni egallashgan. Ktesifon 266-y. da Sosoniylar poytaxti boʻlib, soʻnggi antik davrning eng katta va boy shaharlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Sosoniylarning hashamatli saroy xarobalari saqlangan. Ktesifon 637-y. da arablar tomonidan bosib olingan va vayron qilingan. Bagʻdod barpo etilganidan keyin (762-y.) uzil-kesil oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x