KSILOFON

KSILOFON (ksilo… va yun. phone — tovush) — urma (zarbli) musiqa cholgʻusi. Yevropada 15-a. dan maʼlum. Taxminlarga koʻra, Ksilofonning kelib chiqishi Afrika xalqlarida keng tarqalgan marimba, malange, vilangve kabi musiqa cholgʻulari bilan bogʻliq. Hozirgi Ksilofon 1830 – y. larda M. Goʻzikov tomonidan yaratilgan. 4 qator qilib (yoki klaviatura tarkibida) toʻrtburchak asosga joylashtirilgan hamda xromatik tarzda sozlangan chorqirra yogʻoch boʻlaqlaridan iborat. Diapazoni 1,5— 3,5 oktana. Ksilofonning turlari simfonik, opera va estrada orkestrlaridan keng oʻrin olgan: zavonaviy marimbaning har bir yogʻoch boʻlakchasi tagida aks sado beruvchi metall vaychalar oʻrnatilgan, tuba-fonda esa yogʻoch boʻlakchalarini oʻrnida temir vaychalari mavjud. Hozir Ksilofondan yakkanavoz, ansambl, hamda orkestr sozi sifatida keng foydalanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x