KSENOFONT

KSENOFONT (Xenophon) (mil. av. taxm. 430—355 yoki 354) — qad. yunon tarixchisi va davlat arbobi. Afinada boy oilada tugʻilgan, Suqrotning shogirdi. Mil. av. 401-y. Eron taxti daʼvogari Kichik Kirning Bobilga yurishida qatvashgan. Kir halok boʻlgach, Kichik Osiyo, Qora dengiz sohillariga chekivayotgan 10000 kishilik yunon qoʻshiniga rahbarlik qilgan (bu voqealarni u «Anabasis» asarida tasvirlagan). Ksenofont yunon tarixchisi Fukidid acarining davomi boʻlgan «Yunoniston tarixi»(7 kitobdan iborat) hamda iqtisod, falsafa va harbiy sohaga oid asarlar yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x