KRIPTOGRAFIYA

KRIPTOGRAFIYA (kripto… va… gra-fiya) , maxfiy yozuv — 1) matnni begona, bexabar kishilar tushunmasligi uchun yozuvni oʻzgartirish tizimi, bunda oldindan kelishilgan vositalardan — belgilardan foydalaniladi. Kriptografiya diplomatik, harbiy, savdo-sotiq va moliyaga oid hamda diniy va b. matnlarni shifrlash uchun ishlatiladi. Bu yozuvning koʻp turlari mavjud: matn xarflarini rakamlar bilan almashtirish, harflar oʻrniga har xil shartli belgilar ishlatish, matnda qoʻllanishi). lozim boʻlgan harflar oʻrniga boshqa alifbo harflarini qoʻyib yozish va b. Kriptografik yozuv maxsus shifr yordamida oʻqiladi;

2) paleografiyaning maxfiy yozuv tizimi grafikasini oʻrganuvchi tarmogʻi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x