ICHKARI

ICHKARImusulmon mamlakatlarida ayollarni nomahram erkaklarga koʻrsatmaslik maqsadida toʻsilgan qovlining ichki qismi, ichki hovli. I. da, asosan, ayollar va bolalar yashagan. Oʻrta Osiyo xalqlari meʼmorligida uy-joy tuzilishining ajralmas qismi. Tashqi hovlining uzviy davomi. Ichkari oʻrta asrlarda shariat qoidalariga koʻra, ayollar va balogʻatga yetgan qizlar istiqomat qiladigan joy hisoblangan. Unda yotoqxona, oshxona, omborxona va b. joylashgan. Tashqari hovlida erkaklar yashagan. Ichkari va tashqari hovli oʻrtasida eshik boʻlib, bundan begona erkaklarning kirishi qatʼiyan taqiqlangan. Xonadonning Ichkari va tashqariga boʻlinishi xon saroylaridagi haramdan tortib, kambagʻal kishilarning hovlilarigacha xos edi. Kosib, dehqon, hunarmandlar, juda bulmaganda, oʻz kasbikori uchun ajratilgan binoning hovli tomonini biror narsa bilan toʻsib Ichkariga ajratardi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x