KRIOTERAPIYA

KRIOTERAPIYA (krio… va terapiya) — sovuq, bilan davolash; biror aʼzoni muzlatmaydigan darajada sovitish. Krioterapiya ogʻriq qoldirish, yalligʻlanishni kamaytirish, qon toʻxtatish va shishni yoʻqotish chorasi hisoblanadi.

Muz bosish, sovuq suvga hoʻllangan choyshabga oʻrash qadimdan davo sifatida qoʻllanilib keladi. Oʻt pufagi, chuvalchangsimon oʻsimta (appendiks), meʼda, meʼda osti bezi va b. aʼzolar yal-ligʻlanganda, badan lat yeganda, suyak singanda muzli xalta qoʻyiladi. Burun qovaganda, oʻpka, meʼda, ichakdan qon ketganda tegishli sohaga muzli xalta bosiladi. Gavda t-rasini sunʼiy yoʻl b-n tushirish — gipotermiya yurak, yirik tomirlar, bosh miyani operatsiya qilishda tatbiq etiladi. Krioterapiyaning muhim boʻlimlaridan biri — krioxirurgiyada kasal aʼzo yoki toʻqimalarni sovitish yoʻli bilan yemiriladi yoki olib tashlanadi. Buning uchun xloretil yoki kriogen asbob ishlatiladi. Boʻlar yordamida har xil darajadagi past haro-ratga erishish mumkin. Hozir krioaplikator, krioekstraktor kabi apparatlar qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x