KOVALEVSKAYA Sofya Vasilyevna

KOVALEVSKAYA Sofya Vasilyevna (1850.3(15) .1, Moskva – 1891.29.1(10.2), Stokgolm) — rus matematigi, yozuvchi. Peterburg FA 1-ayol muxbir aʼzosi (1889). V. O. Kovalevskiyning xotini. Matematik maʼlumotni chet elda olgan (1869—74). Differensial tenglamalar va Abel integrallariga oid ishlari uchun Gyottingen unti unga falsafa dri ilmiy unvonini bergan. Stokgolm untida dotsent va prof. (1883-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalarning analitik yechimlariga, qattiq jismlarning qoʻzgʻalmas nuqta atrofida aylanishi va toʻla simmetrik boʻlmagan gidroskopning aylanishi masalalariga bagʻishlangan. Kovalevskaya belletristik asarlar («Baxt uchun kurash» dramasi, «Nigilistika» romani, «Bolalik esdaliklari» va b.) muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x