KOVSH

KOVSH — 1) metallurgiyada — eritilgan metall, shlak va shteynlarni qisqa muddat saqlash, tashish hamda qoliplarga quyishda ishlatiladigan poʻlat yoki choʻyan idish. Metall va shteynlar uchun ishlatiladigan Kovshning ichi oʻtga chidamli gʻisht bilan terib chikiladi. Kovshning 60 kg gacha sigimli dasta-ki, 120 kg sigʻimli osma relslar-monorelslarda tashiladigan, 500 t gacha sigʻimli koʻprik kranlar yoki t. y. aravalarda tashiladigan turlari bor. Alyuminiy sanoatida metallni elektroliz vannalarda olish uchun vakuum K. lari ishlatiladi;

2) kon va qurilish mashinalari (ekskavator, elevator, skreper va b.) da Kovsh kon jinsi, tuproq va b. ni umumiy massadan ajratib olish hamda boshqa joyga toʻkish uchun ishlatiladi. Bir kovshli ekskavatorlar Kovsh ining hajmi 0,15—200 m3, koʻp kovshlisiniki — 0,007—7 m3.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x