KORJENEVSKIY Nikolay Leopoldovich

KORJENEVSKIY Nikolay Leopoldovich (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi — 1958.31.10, Toshkent) — tabiiy geograf va glyatsiolog. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1939). Geogr. fanlari d-ri (1937). Oʻrta Osiyo un-tining tabiiy geogr. kafedrasi prof., mudiri (1927-y. dan). Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya in-tida konsultant va glyatsiologiya boʻlimining boshligʻi (1926—58). Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo tabiiy geogr. si va muzliklariga bagʻishlangan. K. Oʻrta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik va choʻqqilarni oʻrganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Moʻyinqum, Qirgʻiziston tizmasi, Qorakoʻl, Yashilkoʻl, Sarez, Iskandarkoʻl va Balxash koʻllarini tadqiq qildi. Pomir va Tyanыianda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi choʻqqi K. nomi bilan atalgan.

As: Katalog lednikov Sredney Azii, T., 1930; Srednyaya Aziya. Kratkiy fizikogeograficheskiy ocherk, 2 izd., T., 1941; Priroda Sredney Azii, T., 1960.

Ad.: Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy (1879-1958), T., 1962.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x