IBN XALDUN

IBN XALDUN Abduraxmon Abu Zayd ibn Muhammad (1332, Tunis — 1406, Qohira) — arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushdtlt izdoshi. 1349—75 y. larda Tunis, Fes, Gʻarnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-y. Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazha-bi qozisi boʻlgan. Ibn xaldun. Damashq sh. ning Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan delegatsiya tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa Ibn xaldun. Amir Temur bilan shaxsan suhbatlashishga musharraf boʻlgan. Ibn xaldun. ning dalolat berishicha, Amir Temur undan Magʻrib mamlakatlari, uning manzillari va shaharlarini batafsil bayon qilib berishni soʻragan. Ibn xaldun. Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga salbiy nazar bilan qarashidan qatʼi nazar, sohibqiron shaxsiga munosib baho bergan. U Amir Temurning harbiy tarix sohasidagi teran bilimidan hayratga tushgan, uni «munozara-bahslarni yaxshi koʻradigan oʻtkir zakovatli va teran zehnli inson», deb taʼriflagan. Asosiy asari: «Kitob ul-ibar» («Ib-ratli misollar kitobi», 1370). Asarda Ibn xaldun. jamiyat taraqqiyoti xususida oʻz fikrlarini hamda Sharq musulmon xa-lqlari (xususan, Magʻrib) tarixini bayon qilgan. Ibn xaldun. kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va b. moddiy omillarga bogʻliq deb hisoblagan. Asarda Ibn xaldun. oʻz tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi bilan bogʻliqligini hamda mehnat va kishilarning oʻzaro munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan. Ibn xaldun. tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x