KORD

KORD (frans. Corde — arqon, chilvir) — 1) paxta va kimyoviy tolalardan tayyorlanadigan pishitilgan mustahkam ip. Rezina sanoatida yarim fabrikat sifatida ishlatiladigan buyumlar, avtokord, kordshnur va b. tayyorlashga ketadi. Paxta Kordi — paxta tolasini yigirib, pishitib va arqoq ipli qilib toʻqilgan material. Sunʼiy (viskoza) K. — viskoza tolasidan tayyorlanadi; paxta Kordga nisbatan yupqa va yengil material. Issiqqa chidamli, lekin namlikka uncha chidamaydi. Kimyoviy (poliamid) Kord — pishikligi, yupqaligi, mayinligi va issiqqa chidamliligi bilan paxta va viskoza Kord idan ustun turadi. Uni olishdagi asosiy xom ashyokaprolaktam smolasi;

2) maxsus oʻrilish bilan toʻqilgan jun mato; oʻngida 3—8 mm kenglikdagi boʻylama yoʻllari (boʻrtmalari) boʻladi. Undan koʻylak, kostyum yoki palto tikiladi, eng ogʻir va dagʻali esa yengil avtomobillar oʻrindigʻiga jildlar tikish uchun ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x