KOORDINATALAR

KOORDINATALAR (lot. so – birgalikda, ordinatus — tartiblangan, aniqlangan) — nuqtaning toʻgʻri chiziq, tekislik, fazo va turli yuzalardagi holatini aniqlovchi sonlar. Mas, geografiyada maʼlum nuqta joylashgan kenglik va uzunlikni koʻrsatuvchi sonlar (q. Geografik koordinatalar); astronomiyada yoritqichning osmon sferasidagi holatini belgilovchi sonlar. Nuqtaning koordinatalari biror koordinata sistemasida aniqlanadi. Mas, bir nuqtadan oʻtuvchi oʻzaro tik uch toʻgʻri chiziq fazoda Koordinatalar sistemasini tashqil qiladi. Bunda M nuqtaning koordinatalari x= OA, u = OB, z= OS boʻladi (q. Dekart koordinatalar tizimi, Osmon koordinatalari, Parallaktik uchburchak, Sferik koordinatalar, Topotsentrik koordinatalar, Toʻgʻri burchaqli koordinatalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x