“Kongo shoiri”

“Oqshomda”da “XX asr ovozi” degan sahifa boʻlardi. Har oyda bir marta chop etiladigan bu sahifada jahon taraqqiyparvar adabiyotidan namunalar eʼlon qilinardi. Albatta unda koʻpgina shoir va yozuvchilar oʻz tarjimalari bilan qatnashardilar. Bir kuni Mashrab Boboyev xonamizga kirib keldi.

– Kongolik mashhur shoirning sheʼrini tarjima qildim, – dedi u, – sahifangizni juda ochadi.

Chindan ham Afrika poeziyasiga xos erkin vaznda bitilgan bu sheʼrda ozodlik uchun kurash, erk va mustaqillik ulugʻlangandi. Oradan koʻp oʻtmay sheʼr gazetada bosildi. Bir necha kundan keyin Mashrab akaning oʻzi keldi. Xonada yolgʻiz qolishimizni kutib turdi-da, jilmayib sekin gap boshladi:

– Sheʼr uchun kongolik shoirdan sizga katta rahmat. Ammo bir narsani aytib qoʻyay. Aslida bunday kongolik shoir yoʻq. Sheʼrni shaxsan oʻzim yozganman.

– Ie, oʻlmang. Boplabsiz-ku! Endi ikkalamizdan boshqa hech kim bilmasin. Baloga qolamiz-a, – dedim.

Shunga kelishdik. Ammo har safar uchrashganimizda “Qalaysiz, kongolik shoir” deb qoʻyardim. Ikkalamiz ham kula boshlar, atrofdagilar esa buning sirini bilolmay hayron edilar.

 

Nosir MUHAMMAD

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/kongo-shoiri/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x